Xitoyda Shanxay–Kunmin yuqori tezlikdagi magistralining butun uzunligi bo‘ylab harakat yo‘lga qo‘yildi. Bu mamlakatdagi eng uzun yuqori tezlikdagi magistral hisoblanadi, deb xabar beradi “TASS”.
2264 kilometrlik yo‘nalish Xitoyning sharqiy, markaziy va g‘arbiy qismlaridan o‘tadi.
28-dekabr kuni yo‘nalishning oxirgi, Kunminni Guyyan bilan bog‘laydigan qismida harakat boshlandi. Shanxaydan Kunminga boradigan yo‘l 34 soatdan 11 soatga qisqardi.
Izoh (0)