USM Holdings xo‘jayini, rossiyalik tijoratchi Alisher Usmonovning strukturalari Xitoyning Alibaba korporatsiyasidagi butun ulushini sotib yubordi. Bu haqda “Vedomosti” xabar bermoqda.
Alisher Usmonov va Yuriy Milnerning DST Global jamg‘armasi, Silver Lake va Xitoyning Yunfeng Capital jamg‘armasidan iborat konsorsium 2011-yili Alibaba’ga 1,6 milliard dollar tikkan edi. O‘sha paytda ular sotib olgan ulush 5 foizdan kamroqqa baholanar, kompaniyaning umumiy qiymati esa 32 milliard dollar edi.
O‘tgan yil oxirida Alisher Usmonov Alibaba’dagi aksiyalarning bir qismi sotilganini ma’lum qilgan edi. U investitsiyalar keltirgan daromadni 500–600 foizga baholadi.
“Bir paytlar biz Facebook bilan xayrlashdik, endi Alibaba bilan ham xayrlashamiz, lekin bizning Xitoyda aktivlarimiz ko‘p: ‘JD.com’, Xiaomi’dagi, yana ikki-uch Xitoy kompaniyasidagi pozitsiyalar saqlanmoqda”, — dedi Usmonov “Rossiya 24”ga bergan intervyusida.
Izoh (0)