Filippin hukumati rekord miqdordagi narkotik partiyasi ushlab qolinganini ma’lum qildi. 23-dekabr kuni umumiy qiymati 67 million dollarga teng metamfetamin partiyasi musodara qilindi, deb xabar beradi “TASS”.
Manila yaqinidagi San-Xuan shahrida topilgan partiyaning umumiy vazni 560 kilogrammni tashkil qildi.
“Bu shu yil uchun emas, butun tarix uchun eng yirik partiyadir”, — ma’lum qildi mamlakat adliya vaziri Vitaliano Agirre.
Uning qo‘shimcha qilishicha, joriy oy davomida Milliy qidiruv byurosi 120 million dollarlik narkotiklarni topib, musodara qilgan.
Izoh (0)