• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12578.21
    • RUB160.31
    • EUR14633.49
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    “Erkakning kuni ayollarni sahnada kamsitish orqali pul topishga qolmasin”. Kaniza “Million” jamoasi rahbariga javob qaytardi

    “Million” kulgu jamoasi rahbari Davron Kabulov xonanda Kaniza (Shahrizoda Ahmedova)ning ayblovlari ortidan bayonot bilan chiqqandi. Oradan ikki kun o‘tib, Kaniza ham Instagram sahifasi orqali bayonot berdi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Quyida Kaniza tomonidan bildirilgan fikrlar Davron Kabulovning bayonoti bilan bog‘lab, taqdim etilgan.

    Davron Kabulov

    “Million” jamoasi rahbari Kaniza 7 kun 9 seans bo‘lgan konsertning 8 tasida ishtirok etgani haqida aytib, qanday qilib sahnada nimalar bo‘lganidan bexabar bo‘lishi mumkinligi haqida aytib o‘tgandi.

    “Zalda telefonga suratga olish taqiqlangan edi, faqat sizning yordamchingizga siz ishtirok etgan sahna ko‘rinishini videoga olishga ruxsat berdik (montajda buni ham ko‘rsatishim mumkin). Ertasiga taassurotlaringizni kulib aytib berdingiz. Qaysi vijdon bilan ‘Xabarim yo‘q!’, deyapsiz?”.

    Kaniza

    “Repetitsiyada qatnashdi degani, bu bir oy, bir hafta yoki bir kun avval degani emas. Chunki aslida Gulsanam Mamazoitova bilan chiqilayotgan edi. Gulsanam opaga ular o‘zlari istagan tarzda hazil qilishga kuch topa olmagani bois, konsertning ikkinchi kuni meni taklif etishdi va faqat bir marotabagina titrsiz repetitsiya qilindi. Buni Kabulovning o‘zi radioda tasdiqladi. Nega ikki xil gaplar?” (Qo‘shiqchi Davron Kabulovning radioda aytgan gaplariga havola ham bergan).

    “Repetitsiyada menga faqatgina bosh kiyimlarim bilan prikol qilish aytilgan. Men shunga ko‘nganman. Jasur Umirovdan tortib, to hamma gaplarni Davronning o‘zi tuzib berdi. Konsertda chiqishga roziligim faqat imidjim va boshimdagi narsalar prikoliga rozilik edi. Davron, insof bilan bo‘lsin! Nega shuni mard bo‘lib, tan olmayapsiz?! Uyat emasmi?! Nega kelishilmagan titr qo‘yib yuborilgan? Konsert kunlari bir-ikki marta ekranga qarab, undagi yozuvlarga unchalik ahamiyat bermadim, tushunmadim ham. Chunki bu rejada bo‘lmagan. Ular yomon narsalarga shama ekanini bilmaganman”.

    Davron Kabulov

    “Konsert o‘tganiga uch oydan (!) oshdi. Shuncha vaqt davomida to‘y-marosimlarda siz bilan ko‘rishdik. Nega disk chiqquniga qadar o‘zimga bir og‘iz bu haqda gapirmadingiz?”

    Kaniza

    “Chunki ‘Million’ konsertiga hamma ham tushavermaydi. Mening tanishlarim va qarindoshlarim ham, albatta. Bu xalqona bir bayram emaski, hamma darrov bilsa. O‘zlariga bahoni ko‘p berishmasin! Bu Ozodbek Nazarbekov yoki Yulduz Usmonovaning konserti emas, undagi xitlar ertasigayoq xalqqa tarqalsa. Onamning 3 kun o‘tib bilgani esa uning AQShda ekani bilan bog‘liq. Video internetga endi qo‘yildi”.

    Davron Kabulov

    “Kaniza eri bilan ajrashish arafasida?! Qaysi eri bilan? Turmush o‘rtog‘im 10 daqiqaga do‘konga chiqsa ham meni xabardor qiladi — pochchamga sakkiz kun davomida qayerga chiqib ketayotganingizni aytmaganmidingiz? Nega eringiz biz bilan bog‘lanmadilar? Bir-biringizni og‘ir vaziyatlarda eshitishga xohish bo‘lmasa, bitta disk bahona turmush oson buzilsa, oila asli bizgacha ham mustahkam bo‘lmagan ekan-da?”

    Kaniza

    “Turmush o‘rtog‘ini elga reklama qilmaydigan san’atkordan ko‘ra, bugun uni ko‘z-ko‘z qilib, reklama qiladigani ko‘p. Shuning uchun ham erim bormi yoki yo‘q dolzarb mavzu ekani ayanchli. Qancha san’atkor berkitgan, bugungi kunda bola-chaqali bo‘lib ketgan hamki, erini ko‘rmagansiz. Shuning uchun ham bu shaxsiy hudud. Uzr, erim san’at olamidan bo‘lganida, u o‘zini reklama qilishni istagan bo‘larmidi... Kechirasizlar endi, erimni ma’murim qilib, uni reklama qilib yurmaganimga”.

    Davron Kabulov

    “Kaniza (Shahrizoda), ochig‘i, sizning bu kabi piarchi ekanligingiz haqida oldin ham eshitgandim, ammo menga aloqasi yo‘qligi uchun ahamiyat bermagandim”.

    Kaniza

    “Piarni men qilayotgan bo‘lsam, mening diskim sotuvga chiqqani yo‘q-ku. Hamma piar hozir aslida ‘Million’ va uning diski foydasiga bo‘lmoqda. Balki shu sabab Davron mavzudan umuman tashqari eshitgani qandaydir fisq-u fasodlardan matn tuzib, tarqatib yotibdi. Jangga tenglashgani esa ayol kishi. Ma’murimdan tortib, to kimni konsertiga tushishimgacha yiqqan mavzudan yiroq mish-mishi bilan to‘ldirgan o‘sha matnida nima asos va nima mantiq bor?”

    Davron Kabulov

    “Bir paytlar: ‘Kaniza Shahzodaning konsertiga ko‘chadan chipta sotib olib, rasmga olib, Instagram’ga: ‘Taklif uchun rahmat’, deb yozib qo‘yibdi’, deyishsa ishonmagandim. ‘Shu qiz o‘zining administratorini qamatgan’, deyishganida ham parvo qilmagandim.

    Kaniza

    “Bu narsalar ayollarga xosroqmidi, deyman... Biror narsa haqida taxmin yoki eshitgan ig‘voni aytishdan avval, uni tekshirish uchun odam fahm-farosatini ishlatsa, to‘g‘ri bo‘lardi. Uning nima aloqasi bor o‘zi bu mavzuga? Taklifnoma sotib olib, yana tashakkur deganimni eslay olmadim. Gaplar isboti bilan bo‘lsin, Davronbek. U mavzudan tashqari g‘iybat bo‘lsa ham. Qaysidir san’atkor aytgandi: ‘Men konsertim uchun artistlarga taklifnoma berib, ularning mashhurligi ortidan o‘zimni reklama qilgandan ko‘ra, ularning o‘zi chipta sotib olib kelgani meni qo‘llab-quvvatlaganini bildiradi. Bu ularning oldidagi hurmatim’, deb”.

    “Faqatgina kimlarnidir kamsitish orqali yoki uyatsiz mavzularga shama bilan konsert qo‘ymay, haqiqiy ijod bilan izlanib, el qalbidan joy olishsin! Choyxona auditoriyasi uchun emas, oila bilan ko‘rib tan berishlik darajasida rivojlana olishsin”, — deb fikr bildirgan Shahrizoda Ahmedova.

    Xonanda, shuningdek, o‘z administratorini qamatgani borasidagi ayblovga ham izoh bergan.

    “Ma’murim qamalib chiqqani sir emas. Bunday jinoyat ishlariga san’at olamidagilarning ko‘pi guvoh bo‘lgan. Ma’murim o‘z aybini tan olgan. Mening emas, o‘zining jinoyati uchun qamalgan. San’at olamida xuddi boshqa hech kimning ma’muri pulga tushirmagan, xonandalar ariza ham yozmagandek. Uzr, katta pulga tushurib ketgan jinoyatchini sotilgan uyim sabab kechira olmaganim uchun. Uzr, u men va onamni o‘sha vaqtlar uysiz, ko‘chada qoldirgani uchun arz qilganimga”.

    Kaniza so‘zining yakunida shunday xulosa qildi:

    “Erkak kishini, u san’atkormi yo masxaraboz — kuni ayollarni sahnaga olib chiqib, kamsitib, shu orqali pul topishga qolmasin! U erkakligini unutib qo‘ymasin ekan”.

    “Ayolman-da, uyim notinch bo‘lgan payti emotsiyada ‘oilam buzildi’, deb shoshib gapirvoribman. Mayli, nima bo‘lsa ham peshonadan. Ayol kishi bilan olishish darajasiga borishni o‘ziga ep ko‘rmagan, mayda gapdan foydalangan holda o‘z aybini yopishga harakat qilmaydigan mardlarga cheksiz hurmatim! Mard va jiddiy erkaklar bor bo‘lsin, hayotda!”

    Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”(@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

    27.12.2016, 12:08   Izoh (0)   304305
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Aktyor Matyoqub Matchonov “Ketaman dedimmi, ketaman” nomli filmda suratga tushmoqda

    27.12.2016, 07:13

    Sevara Nazarxonni 40 yoshga to‘lgani bilan tabriklagan Obid Asomov: “Bilib qo‘y, muxlislaring sardori menman!”

    27.12.2016, 00:32

    “15 kun davomida jonli kuylay olmasligini Ozodbekning o‘zi ham biladi”. Gulbahor Erqulova Instagram’da Yulduz Usmonova nomidan chiqarilgan soxta bayonotga fikr bil...

    26.12.2016, 21:42

    Estoniyalik tinglovchilar qoraqalpog‘istonlik jirov va baxshidan qo‘shimcha ikki konsert qo‘yib berishni talab qildi

    26.12.2016, 17:08

    “Ozod akamning kayfiyatlari a’lo”. Ozodbek Nazarbekov Termizda konsert berdi

    26.12.2016, 15:45

    Xonanda Jorj Maykl 53 yoshida vafot etdi

    26.12.2016, 08:39
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Liverpul” qay holatda Rodrigoni sotib olishi mumkinligi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 21 iyul, 10:30

    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi

    Reklama | 21 iyul, 10:33

    Toshkentdagi omborxonadan perekis vodorod moddasi havoga sizib chiqdi

    O‘zbekiston | 21 iyul, 10:22

    Isroil G‘azo sektorini “bosib olish” bo‘yicha yangi reja tayyorladi

    Dunyo | 21 iyul, 09:55

    “Tolibon” rossiyalik etnografni qo‘lga oldi

    Dunyo | 21 iyul, 08:29

    Xitoyda ayol plastik operatsiya uchun 2,4 mln dollar o‘g‘irladi

    Dunyo | 21 iyul, 00:10

    G‘azo talabalari urush boshlangandan buyon ilk bor imtihon topshiradi

    Dunyo | 20 iyul, 23:46

    Rossiya Shahed dronlarini ishlab chiqaradigan zavod namoyish qilindi (video)

    Dunyo | 20 iyul, 23:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.