O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining virtual qabulxonasi ishga tushirildi. Bu haqda UzReport xabar bermoqda.
Endi vazirlik yo‘nalishidagi ariza, shikoyat va takliflarni rasmiy veb-saytdan o‘rin olgan mazkur qabulxonaga yo‘llash yoki 1003 raqamli “Ishonch telefoni”ga qo‘ng‘iroq qilish mumkin. Murojaatlar bevosita vazir tomonidan ko‘rib chiqiladi, nazoratga olinadi va qonun dorasida hal etiladi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Adham Ikromov O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri etib tayinlangani ma’lum qilingandi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)