Fransiyalik futbolchi Matyo Flamini Rojdestvo kuni sobiq jamoadoshi Sesk Fabregasning uyiga Santa-Klaus libosida tashrif buyurdi. Bu haqda Flamini Twitter sahifasida ma’lumot berdi va suratini unga ilova qildi.
Flamini ayni vaqtda “Kristal Pelas” a’zosi hisoblanadi. Sesk Fabregas esa Londonning boshqa bir klubi “Chelsi” safida faoliyat olib boradi. Ular 2004—2008-yillar oralig‘ida Angliya poytaxtining yana bir klubi “Arsenal” safida to‘p surgan.
32 yoshli fransiyalik futbolchi tashrifi bilan Fabregasning qizaloqlarini xursand qilishni istagan. “O‘ylab ko‘ringchi, bu yil Santa kim ekan! Barchangizga Rojdestvo muborak bo‘lsin!”, deb yozilgan Flaminining sahifasida.
Izoh (0)