Yaponiya milliy terma jamoasi va Milanning “Inter” klubi himoyachisi Yuto Nagatomo sevgilisining qo‘lini so‘radi. Bu haqda “Sport Bigmir” Rusfootball.info nashriga asoslanib ma’lum qildi.
Bu yo‘lda futbolchi o‘zidan ikki yosh katta bo‘lgan aktrisa Tayra Ayrini Milandagi mashhur “Juzeppe Meatssa” stadioniga olib keldi. Bo‘m-bo‘sh stadiondagi taklif Ayri uchun kutilmagan bo‘ldi va u Yutoga “Ha” deb javob berdi.
Ma’lumot uchun, “Inter” himoyachisi hozirda 30 yoshda. Tayra Ayri esa 32 yoshni qarshi olgan. Juftlikning nikoh marosimi yanvar oyining so‘nggida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Ular shu yilning yoz oyida tanishib qolgandi.
“Men 11 nafar farzand haqida orzu qilaman. Ulardan bitta yaxlit jamoa tuzish niyatim bor”, — deb izoh bergan Nagatomo. Tayraning bu boradagi rejalari, uning futbolchiga 11 nafar farzand sovg‘a qilish niyati bor yoki yo‘qligiga oydinlik kiritilmagan.
Nagatomo “Inter”ga qadar Italiyaning “Chezena” va Yaponiyaning “Tokio” klublari sharafini himoya qilgan. Tayra Ayri esa 10 dan ortiq kinofilmlarda suratga tushgan, bir qator telekanallar uni o‘z dasturiga mehmon sifatida chaqirgan.
Izoh (0)