Shri-Lanka poytaxti Kolomboda o‘rnatilayotgan sun’iy Yangi Yil archasi balandlik bo‘yicha jahon rekordini yangilashi mumkin. Bu haqda, France Info radiostansiyasiga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Archaning balandligi 57 metrni tashkil etadi. Bu o‘tgan yilgi rekordchi — Guanchjoudagi (Xitoy) sun’iy daraxtdan 10 metrga balandroqdir.
Kolombodagi archa 600 mingta turli ranglardagi olovlar bilan bezatiladi. Uning ostida 12 metrlik chana ustidagi 6 metrlik Santa Klaus turadi. Tashkilotchilar Ginnes rekordlar kitobi vakillarini ochilish marosimiga taklif qildi.
“Biz 100 metr balandlikka ega daraxt yaratmoqchi edik, ammo vaqt tig‘izligi bois balandligini biroz qisqartirishga to‘g‘ri keldi”, — deb xabar qildi tashkilotchilardan biri.
Izoh (0)