AQShning Google korporatsiyasi Shimoliy Amerika havo-kosmik kuchlari harbiy qo‘mondonligi (NORAD) bilan hamkorlikda Santa Klausning Rojdestvodagi sayohatini ko‘rsatuvchi har yillik loyihani ishga tushirdi. Uning harakatlanishini maxsus ochilgan portal orqali kuzatib borish mumkin, deb xabar beradi “RBK”.
Ayni paytda Santa Klaus bug‘uli chanasida Petropavlovsk-Kamchatskiydan AQShning Ueyk Atoll qo‘riqxonasi tomon ketmoqda. U havodan harakatlanmoqda. Foydalanuvchilar Santa ulashishga ulgurgan sovg‘alar hamda u bo‘lgan shahar va qishloqlar haqida ma’lumotga ega bo‘lishi mumkin.
NORAD Tracks Santa interaktiv loyihasi 1955-yil dekabrida boshlangan. O‘shanda Sears savdo tarmog‘i Kolorado shtati gazetasiga Santa Klausning telefon raqami ko‘rsatilgan e’lon berib, bolalarga ushbu raqamga qo‘ng‘iroq qilishni taklif qildi. Aslida esa ko‘rsatilgan raqam Qit’a havo-kosmik mudofaa qo‘mondonlik markaziga (CONAD, bugungi NORAD) tegishli edi. Markaz xodimlari qo‘ng‘iroq qilgan bolalarga Santa Klausning joylashuvi haqida ma’lumot berib borishga qaror qildi.
Izoh (0)