Germaniya Bundesligasining “Volfsburg” klubi sharafini himoya qilayotgan Yulian Draksler faoliyatini Parijda davom ettiradi. Futbolchining “PSJ” bilan shartnoma tuzgani haqida “Volfsburg” klubining rasmiy sayti ma’lumot berdi.
Draksler 2015-yilning avgust oyida “Shalke”ni tark etib, “Volfsburg”ni afzal bilgandi. Ortda qolgan vaqt davomida u “bo‘rilar” safida 45 ta o‘yin o‘tkazdi va 8 ta gol urdi. Qo‘shimchasiga 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
“Volfsburg” va “PSJ” Drakslerning narxini oshkor qilmaslikka o‘zaro kelishib olgani aytilgan. Futbolchi yangi klubida 23-raqam ostida to‘p suradi. U ayni vaqtda 23 yoshda.
Ma’lumot uchun, Draksler Germaniya milliy terma jamoasiga 2012-yildan buyon taklif etiladi. U hozirga qadar termasida 27 ta o‘yin o‘tkazib ulgurgan, 3 ta gol urishga erishgan.
Izoh (0)