Joriy yilning 20-dekabr kuni Namangan Yoshlar markazida “Hokim va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi. Mazkur uchrashuvda Namangan shahar hokimi, shahar vasiylik Kengashi raisi Bahodir Bekhodjayev ishtirok etdi.
Uchrashuvda yoshlar shahar hokimiga o‘zlarini qiynayotgan masalalar, xususan, shaharning ayrim yo‘llarida avtotransport qatnovi yaxshi emasligi va bu narsa o‘quvchilarining ertalab o‘qishga kechga qolishlariga sabab bo‘layotgani, Game club’larning o‘quv muassasalari yaqinida joylashgani ba’zi bir o‘quvchi yoshlarning darslardan chalg‘ishlariga sabab bo‘layotgani va shunga o‘xshash muammolar bilan murojaat qildi.
Shahar hokimi Bahodir Bekhodjayev mazkur masalalar atroflicha o‘rganilib tez orada yechimini topishiga va’da berdi.
Uchrashuv davomida shahar yoshlari tomonidan tayyorlangan “Jaholatga qarshi ma’rifat” nomli sahna ko‘rinishi ijro etildi.
Tadbir so‘ngida shaharning ijtimoiy-siyosiy hayotida faol ishtirok etayotgan bir guruh yoshlar shahar hokimining tashakkurnomasi va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Izoh (0)