O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi raisining virtual qabulxonasi ish boshladi.
“Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi, tizimdagi korxonalar hamda hududiy yer resurslari va davlat kadastri boshqarmalari tomonidan yer munosabatlarini tartibga solish, geodeziya, kartografiya va kadastr bilan bog‘liq hal etilmagan masalalar, muammolar, ariza, shikoyat hamda takliflar bilan qo‘mita raisi virtual qabulxonasiga 1097 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilish yoki qo‘mita rasmiy veb saytining ygk.uz bosh sahifasi orqali yozma murojaat qilish mumkin.
Shuningdek, har kuni soat 08:00 dan 11:00 gacha Toshkent shahri, Chilonzor tumani “S” mavzesi, Cho‘ponota ko‘chasida joylashgan “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi binosida shaxsiy qabul amalga oshiriladi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)