2016-yilda maksimal darajada tabiiy soch turmaklari — yengil zulflar va tartibsiz hajmni tanlashni tavsiya etamiz. Soch ukladkasini ideal qilishga urinmang, u yengil va tabiiy bo‘lsin! Ideal soch turmagi tomon yo‘l parvarish qilingan va sog‘lom sochlardan boshlanadi. Shuning uchun bayram oldidan ularni, biroz bo‘lsa-da, kaltalatgan ma’qul.
Yangi yil oqshomining asosiy trendlari
Kalta sochlarga hamma soch turmaklari ham mos tushavermaydi. Biroq sochlaringizning bir necha kokillariga rangli tus berib, ommadan ajralib turishingiz mumkin. Asosiysi, bunday dadil soch turmagi siz yaratgan obraz bilan uyg‘unlik hosil qilishi lozim.
Agar bayram kechasi uchun tanlagan libosingiz bunday tajribaga yo‘l qo‘ymasa, unda sochlaringizni o‘ziga xos obodok, nevidimka yoki boshqa aksessuarlar bilan bezating. Hozirda turli-tuman zanjirlar, noodatiy soch to‘g‘nog‘ichlari urfda. Siz tanlagan bezak ko‘ylagingiz rangiga mos tushishiga ahamiyat qarating.
Agar sochlaringiz tabiiy qalinlikka ega bo‘lmasa, bayramdan bir kun oldin ularni yuvib, bir nechta kichikroq fransuzcha o‘rimlarni o‘rib qo‘ying. Tongda sizni ajoyib hajmga ega, ko‘rkam tabiiy to‘lqinsimon soch turmagi kutib oladi.
Romantik qizlarga esa katta-katta jingalak zulflar qilib, ularga qo‘shimcha kichikroq shlyapa yoki katta bezak tanlashni tavsiya etamiz.
Uzun sochlarga kelsak, turli-tuman o‘rimlar va o‘rilgan qismlarga ega bo‘lgan soch turmaklari hamon aktualligicha qolmoqda. Fantaziyangizni ishga soling, axir fransuzcha o‘rim bilan hech kimni hayron qoldira olmaysiz.
Retro uslubidagi soch turmaklari ham urfda. Agar retro soch turmagi ko‘ylagingizga mos tushsa, qo‘rqmasdan o‘tmishga yo‘l oling!
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)