Xitoyning Chunsin shahri sudi ko‘p qavatli turar-joyda yashovchi barcha fuqarolarga derazadan uloqtirilgan yogurt butilkasidan jabrlangan qizchaning ota-onasiga tovon puli to‘lashni yukladi. Bu haqda China Daily xabar bermoqda.
Nashrning ma’lum qilishicha, bolaning ota-onasi butilkani aynan kim uloqtirganligini aniqlay olmagan. Shundan keyin ular turar-joyning ikkinchi qavatidan 33-qavatigacha bo‘lgan kvartiralarda yashovchi 448 nafar fuqaroga qarshi da’vo kiritgan. Da’vo arizada 300 ming yuan (43,1 ming dollar) to‘lash talab etilgan. Shu tariqa, har bir fuqaroga 360 yuan (52 dollar atrofida) to‘lash majburiyati yuklatildi.
Hodisa 2014-yilning sentabrida yuz bergan. Ikki yoshli qizcha uy yaqinida o‘ynayotganda, kimdir derazadan bo‘sh butilkani uloqtirgan. U qizchaning boshiga tushgan va bosh suyagini sindirgan. Hushini yo‘qotgan qizaloq shifoxonaga yetkazilgan.
Bolaning oilasi uni sog‘ayishi uchun 80 ming yuan (11,5 ming dollar) sarflagan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)