O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi rahbari etib general-leytenant Bahodir Matlubov tayinlandi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
Bahodir Matlubov 2006–2013-yillarda ichki ishlar vaziri lavozimida ishlagan, so‘ng pensiyaga chiqishi munosabati bilan Prezident farmoniga ko‘ra lavozimidan ozod qilingan edi.
Matlubov IIV Akademiyasi rahbari lavozimida general-mayor Shavkat Ikromovning o‘rnini egalladi.
Izoh (0)