Anqara aeroportida Rossiyaning Turkiyadagi elchisi, suiqasd qurboni bo‘lgan Andrey Karlov bilan xayrlashish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Marosimda Turkiya faxriy qorovuli qatnashdi. Tadbirda marhumning qarindoshlari, Rossiya elchixonasi xodimlari, Turkiya bosh vazirining o‘rinbosari To‘g‘rul Turkash, ichki ishlar vaziri Sulaymon So‘ylu, Anqara hokimi Melix Gekchek, TIV vakillari hamda xorij elchixonalari rahbarlari ishtirok etdi.
Rossiyaning Anqaradagi elchixonasi press-attashesi Irina Kasimovaning so‘zlariga qaraganda, Karlovning tanasi 20-dekabr kuni maxsus bort bilan Moskvaga yetkaziladi.
Izoh (0)