Buxoro viloyatining Shofirkon tumanidagi 3-bolalar musiqa va san’at maktabi binosi rekonstruksiya qilinib, foydalanishga topshirildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
San’at maktabining yangi binosi “Sadaf” mas’uliyati cheklangan jamiyati quruvchilari tomonidan zamonaviy arxitektura va shaharsozlik talablari asosida bunyod etildi. Bu yerda fortepyano, milliy va zamonaviy cholg‘u asboblari, an’anaviy xonandalik, xoreografiya, estrada, tasviriy va amaliy san’at yo‘nalishlari bo‘yicha alohida sinfxonalar, zamonaviy konsert zali mavjud.
— Ayni paytda viloyatda 18 ta bolalar musiqa va san’at maktabi faoliyat ko‘rsatmoqda, – deydi Buxoro viloyati xalq ta’limi boshqarmasi bosh mutaxassisi J.Jumaqulov. — Yoshlarni yuksak ma’naviyatli insonlar etib tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega ushbu maskanlarda 3 mingdan ziyod yosh musiqa bilan shug‘ullanmoqda.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)