Samarqand viloyati hokimi Zoyir Mirzayev O‘zbekiston hukumatining yangi tarkibidan o‘rin oldi. Bu haqda Hukumat portalida axborot berilgan.
Xabar berishlaricha, Zoyir Mirzayev O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari — Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri — Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda iste’mol tovarlari masalalari kompleksining rahbari etib tayinlangan.
Samarqand viloyatiga bundan buyon kim hokimlik qilishi haqida hozircha aniq ma’lumot yo‘q.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)