Xalq deputatlari Toshkent viloyat kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Islamdjan Ergashxodjayev O‘zbekiston Bosh prokurorining o‘rinbosari etib tayinlangani ma’lum qilindi. Bu haqda UzReport xabar bermoqda.
Sessiya ishida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidentining 2016-yil, 12-avgustdagi farmoniga muvofiq, Islamdjan Ergashxodjayev Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangandi.
Izoh (0)