Shu yilning oktabr oyida Xitoy AQSh g‘aznachiligi obligatsiyalarining eng katta qismini xarid qilgan kreditor maqomini Yaponiyaga boy berib qo‘ydi. XXR hukumati yuan kursini qo‘llab-quvvatlash uchun ushbu qimmatbaho qog‘ozlarni sotishga majbur bo‘ldi, deb xabar beradi “Interfaks”.
AQSh moliya vaziriligi va Federal zaxira tizimi ma’lumotlariga qaraganda, oktabrda Xitoy sentabrga nisbatan investitsiyalar hajmini 41,3 milliard dollarga qisqartirdi, buning natijasida uning qo‘lida qolgan qog‘ozlar qiymati 1,12 trillion dollarni tashkil etdi. Belgiyada ro‘yxatdan o‘tgan xitoylik yuridik shaxslar inobatga olinsa, tushish 67,1 milliard dollarni tashkil etadi, deb ma’lum qildi Jefferies iqtisodiyotchisi Tomas Simons.
Yaponiya esa o‘z kiritmalarini 4,5 milliard dollarga kamaytirdi, uning natijasi 1,13 trillion dollarni tashkil etdi.
US Treasuries qog‘ozlariga ega eng yirik investorlar o‘nligiga, shuningdek, Irlandiya, Kayman orollari, Braziliya, Shveysariya, Lyuksemburg, Buyuk Britaniya, Tayvan va Gonkong kiradi.
Izoh (0)