Qohira shimolida Misr politsiyasi Rojdestvo bayrami arafasida teraktlar amalga oshirishni rejalashtirgan ekstremistlar guruhini qo‘lga oldi. Ikki nafar terrorchi Dakaxliya viloyatida qo‘lga olindi, deb xabar beradi “TASS”.
IIV bayonotiga ko‘ra, hibsga olinganlar chet eldan moddiy ko‘mak olib turgan hamda yanvar oyining oxirida o‘tkaziladigan Politsiya kunida teraktlar uyushtirishni rejalashtirib kelgan. Ularning yonidan hujum nishoni bo‘lgani taxmin qilinayotgan infrastruktura obyektlarining suratlari topildi.
Yana to‘rt nafar jangari Shibin al-Qanotir shahrida ushlandi. Politsiya IShID bilan bog‘liq guruh shu yerda o‘rnashgani haqida ma’lumot topib, maxsus operatsiya o‘tkazdi. Tintuv chog‘ida terrorchilarning yonidan o‘qotar qurol va o‘q-dori topildi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)