Janubiy Koreya prezidenti Pak Kin Xening advokatlari mamlakat Konstitutsion sudiga uning impichment yuzasidan fikrlarini yetkazdi. Bu haqda jurnalistlarga yuristlardan biri bayonot berdi, deb ma’lum qildi “TASS”.
9-dekabr kuni mamlakatda avj olgan korrupsion janjal tufayli parlament mamlakat rahbarini lavozimidan chetlashtirishni yoqlab ovoz berdi. Konstitutsion sud prezidentdan 16-dekabrga qadar o‘z tushuntirishlarini berishini talab qilgan edi.
24 sahifali hujjatda Pak Kin Xega qarshi ilgari surilgan ayblovlar inkor qilinadi. Ayblovlar 13 punktdan iborat bo‘lib, shulardan beshtasi konstitutsiyaning, sakkiztasi esa boshqa qonunlarning buzilishiga oiddir.
Izoh (0)