Amerikaning Mayami shahrida (Florida shtati) boshiga chelak kiygan o‘g‘ri chopar kabutarlar sotuvchisini tunab ketdi. Bu haqda UPI agentligi ma’lum qildi.
Hodisa do‘kon yopilgandan keyin yuz berdi. Chiqindi uchun mo‘ljallangan katta qora qopga o‘ranib olgan erkak do‘konga kirgan. U yuzini ko‘rsatmaslik uchun boshiga chelak kiyib olgan.
O‘g‘ri 40 ta tirik kabutarni qutiga joylab, yana bir nechta boshqa tovarlarni oldi. Shundan keyin u panjaradan oshib o‘tmoqchi bo‘ldi, biroq narvonni ag‘darib yuborib, yerga qulab tushdi.
Do‘kon sotuvchisi Nelson Ernandesning so‘zlariga qaraganda, qiymati 100 dollardan 1000 dollargacha bo‘lgan 40 ta qush o‘g‘irlangan. O‘g‘ri tomonidan yetkazilgan jami zarar yetti ming dollar atrofida.
Bu olti oy ichidagi ikkinchi o‘g‘rilikdir. O‘tgan safar Ernandesning 15 ta kabutari o‘g‘irlab ketilgandi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)