Rossiya Qorbobosi Velikiy Ustyug shahrida qo‘nim topganidan beri bolalar va kattalardan 3 milliondan ortiq maktub oldi. Bu haqda uning o‘zi Stavropoldagi matbuot anjumani chog‘ida ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“Men har kuni qoplab xat olaman. Elektron pochtamga bolalardan 20 mingta maktub keldi. Velikiy Ustyugga joylashganimdan beri olgan xatlarim soni 3 milliondan oshib ketdi”, — deydi Qorbobo.
“Velikiy Ustyug — Qorbobo vatani” loyihasi 1998-yildan beri amalga oshirilmoqda. Ertak qahramonining Vologodskaya viloyatidagi manziliga shu paytgacha yuz minglab bolalar va kattalar keldi. 2016-yili Qorbobo 40 dan ortiq shaharga borishni rejalashtirgan, Stavropol bu jadvaldagi 14-shahar bo‘ldi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)