Yaponiyaning Matsue shahrida yaqinlashib kelayotgan Rojdestvoga bag‘ishlangan mini-parad bo‘lib o‘tdi, deb yozadi TJournal. Unda Santa-Klaus libosini kiygan olti pingvin ishtirok etdi.
Pingvinlarga bog‘ ishchisi hamrohlik qildi, u “parad”ni uzun dastali cho‘tka bilan boshqardi.
Ijtimoiy tarmoqlardagi suratlar va videolarga ko‘ra, pingvinlar bog‘dagi eng ommabop jonivorlardan biri hisoblanadi, ularni turli tadbirlar munosabati bilan doimiy ravishda yasantirib turishadi.