Suriya poytaxtida politsiya idorasiga uyushtirilgan hujum oqibatida uch kishi halok bo‘ldi. Bu haqda, Sky News Arabia telekanaliga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Yana to‘rt kishi yaralangani aytilmoqda.
Voqea Damashqning Maydon kvartalidagi politsiya boshqarmasida ro‘y berdi. Portlashni kim uyushtirgani hozircha noma’lum.
Izoh (0)