American Airlines kompaniyasining yo‘lovchi samolyoti Litl-Rok shahrida (Arkanzas shtati) favqulodda qo‘nishga majbur bo‘ldi. Bortda elektron sigareta tufayli yong‘in kelib chiqqani bunga sabab bo‘ldi, deb xabar beradi “TASS”.
Voqea 15-dekabr kuni ro‘y berdi. Avialayner Dallasdan (Texas shtati) Indianapolisga (Indiana shtati) yo‘l olgan edi. Samolyot bortida 137 yo‘lovchi va besh nafar ekipaj a’zosi bor edi. Yo‘lovchilardan birida bo‘lgan elektron sigaretada kuzatilgan nuqson tufayli yong‘in kelib chiqdi.
Olov tezda o‘chirildi. Aviatsiya boshqarmasi qoidalariga ko‘ra, bortda elektron sigaretalardan foydalanish mumkin emas. Ularni yukxonaga joylash ham mumkin emas, lekin qo‘lda olib kirish mumkin.
Izoh (0)