Rus tilida chop etilgan “Garri Potter va la’natlangan bola” kitobi bir hafta davomida 300 mingdan ortiq nusxada sotildi. Bu haqda “Azbuka-Attikus” nashriyoti matbuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“Garri Potter haqidagi sakkizinchi kitobga talab shu qadar yuqori bo‘ldiki, birinchi haftaning o‘zida dastlabki adad 307 ming nusxaga yetdi. Aslida boshlang‘ich adad 150 ming atrofida bo‘lishi rejalashtirilgandi”, — deya ta’kidladi nashriyot vakillari.
Kitob yozuvchi va ssenariynavis Jek Torn hamda rejissor Jon Tiffani tomonidan saga muallifi Joan Rouling ishtirokida yaratilgan ikki qismdan iborat pyesa bo‘lib, undagi voqealar yettinchi kitob — “Garri Potter va o‘lim tuhfalari”dan 19 yil o‘tib sodir bo‘ladi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)