Janubiy Koreyaning muxolif “Toburo” demokratik partiyasi sobiq yetakchisi Mun Chje In navbatdan tashqari prezident saylovida ishtirok etish niyatini bildirdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Mamlakat konstitutsion sudi amaldagi prezident Pak Kin Xening impichmenti yuzasidan tegishli qaror qabul qilganidan so‘ng navbatdagi tashqari prezident saylovi bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, Janubiy Koreya parlamenti mamlakat prezidenti Pak Kin Xega nisbatan impichment e’lon qildi. Buni 300 nafar deputatdan 234 nafari ma’qulladi.
Izoh (0)