Shu oyning boshida O‘zbekiston Bank-moliya akademiyasi rektorining virtual qabulxonasi ishga tushirildi. Bu haqda “Daryo”ga akademiya matbuot xizmati xabar qildi.
“Hozirgi kunda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini jadallik bilan rivojlanayotganligi natijasida istalgan shaxs o‘z murojaatini elektron shaklda korxona yoki tashkilot rahbarlariga yuborish va unga javob olish imkoniyatlari yaratilmoqda”, — deyiladi xabarda.
U orqali yuridik va jismoniy shaxslar o‘zlarini qiziqtirgan savollar va takliflar bilan murojaat qilishi mumkin.
Izoh (0)