Xonanda Manzura yil so‘ngiga kelib misli kutilmagan va tasavvurga sig‘mas darajada ijod qilmoqda, deb yozadi “Sayyod.com”.
Manzura 5-dekabrda “Tingla faryodim” qo‘shig‘iga Dilmurod Agzamovga klip suratga oldirgan bo‘lsa, 7-dekabr kuni uning “Bo‘ldi, bo‘ldi” taronasiga Narimon Sultonxo‘jayev klip oldi.
Manzura nashrga mini intervyu taqdim etib, klipmeykerlardan noroziligini hazilomuz tarzda bayon qilgan. Shuningdek, video so‘ngida u shou-biznesga Allohdan insof so‘ragan.
Izoh (0)