Gambiya xavfsizlik xizmati xodimlari mustaqil saylov komissiyasi shtabiga bostirib kirib, uni egallab oldi. Bu haqda, Reuters’ga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Saylov komissiyasi raisining so‘zlariga qaraganda, harbiylar komissiya ishchilariga hech narsaga teginmay, binoni tark etishni buyurgan.
Eslatib o‘tamiz, ayni paytda Gambiyada prezident saylovi bilan bog‘liq siyosiy inqiroz davom etmoqda. Gambiyani 1994-yildan beri boshqarib kelayotgan Yayya Jamme 1-dekabrda bo‘lib o‘tgan prezident saylovida 36,7 foiz, uning muxolifatchi raqibi Adam Barrou esa 45,5 foiz ovoz oldi. 3-dekabrda Jamme mag‘lubiyatini tan oldi, biroq bir haftadan so‘ng saylov komissiyasidagi “yo‘l qo‘yib bo‘lmas kamchiliklar”ni ro‘kach qilib, yangi saylovlar o‘tkazishga chaqirdi.
Izoh (0)