Qohiradagi kopt cherkoviga uyushtirilgan terrorchilik hujumi xudkush tarafidan sodir etilgani aniqlandi. Bu haqda Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisiy bayonot berdi, deb xabar qiladi “TASS”.
U terakt qurbonlari xotirasiga uyushtirilgan motam marosimi chog‘ida chiqish qildi. Marosim Madinat-Nasr tumanidagi noma’lum askar yodgorligida bo‘lib o‘tdi.
Davlat rahbarining so‘zlariga qaraganda, terakt ijrochisi 22 yoshli Mustafo Mahmud Muhammad Shafiq bo‘lib, u egnidagi xudkushlik kamarini portlatgan.
Hujumni tashkil etishda gumon qilinib uch erkak va bir ayol qo‘lga olindi.
Oxirgi ma’lumotlarga qaraganda, terakt qurbonlari soni 26 kishiga yetdi.