Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Qohira markazidagi koptlar ibodatxonasida sodir etilganga o‘xshash teraktlar “Misr jamiyatining mustahkam milliy birdamligini buza olmaydi”. Bu haqda portlash joyiga kelgan mamlakat bosh vaziri Sharif Ismoil ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.

Foto: AP

Foto: AP

“Tinch fuqarolar va ibodatxonalarga hujum barcha dinlar qoralaydigan gunoh qilmish. U terrorchilikning dini yo‘q ekanligining yana bir dalili”, — ta’kidladi bosh vazir.

Dunyodagi eng yirik islom universiteti — Al-Azhar ulamolari ham teraktni qoraladi.

Ma’lumot uchun, Misrdagi koptlar qavmining umumiy soni 15 million kishini tashkil etadi.

Koptlar ibodatxonalari kompleksidagi cherkovlardan birida harakatga keltirilgan portlovchi qurilma kuchi trotil ekvivalentida 8 dan 12 kilogrammgacha bo‘lgani bildirilmoqda. Guvohlarning ta’kidlashicha, bombani ichkariga ayol kishi olib kirgan va ayollar hamda bolalar uchun mo‘ljallangan o‘tirg‘ichlar yonida qoldirgan. U ibodatxonadan chiqqanidan so‘ng bomba masofadan harakatga keltirilgani taxmin qilinmoqda. Portlash to‘lqini cherkovdagi barcha oynalarni chilparchin qildi va binoga jiddiy zarar yetkazdi.

Foto: AP

Foto: AP

Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, 26 kishi terakt qurboni bo‘ldi.

 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Daryo” kundaligida 9-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Qozog‘iston Rossiyaga zirhli texnika jo‘natishi haqida xabarlar tarqaldi (video)
Madaniyat
Shahzoda Garri va Megan Markl yangi hujjatli filmda Yelizavetta II ni masxaralab, qirollik oilasi a’zolarini irqchilikda aybladi (video)