Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

2004-yilda AQShning Jorjiya shtatida o‘z ismi, oilasi bor-yo‘qligini eslay olmaydigan, o‘z o‘tmishi haqida chala-chulpa xotiralarga ega 50 yoshli odam topildi, deb yozadi Meduza. U kimligini aniqlashga o‘n yildan ortiq vaqt ketdi — bu vaqt ichida esa erkakning to‘liq yangi shaxsiyati paydo bo‘lishga ulgurdi.

Foto: Vida Press

Foto: Vida Press

Burger King restorani axlatxonasidan topilgan odamga B. K. (Burger King bosh harflari) deb nom berishdi. Uni kasalxonaga eltishdi. Kataraktani hisobga olmaganda, uning sog‘lig‘i joyida edi. U so‘nggi 17 yil davomida o‘rmonda yashaganligini aytdi. U o‘zi haqida deyarli hech narsa aytib bera olmadi, ammo so‘nggi tarixiy voqealar va dunyoning qanday tuzilgani haqida xabardor bo‘lib chiqdi.

Biroq u xotirasiga tayanib, Indianapolisda tug‘ilgani, uch aka-ukalari borligini va 1948-yil 29-avgustda tug‘ilganligini aytdi. B. K. o‘ziga Benjamin Kayl deb yangi ism tanladi.

Politsiya, jurnalistlar, FQB, odamlarni qidirish bo‘yicha ekspertlar, xususiy detektivlar — hech kim erkakka yordam bera olmadi. Kaylning mavjudligi haqida hech qanday dalil topilmadi. Uning barmoq izlari FQB bazalari yo‘q bo‘lib chiqdi, u haqda na Interpolda, na guvohlarni himoya qilish dasturida bilishmasdi. Uni televizor orqali ko‘p ko‘rsatishdi, matbuotda tez-tez yozishdi — biroq uni hech kim tanimadi.

Kaylni kasalxonadagi hamshira Sleyter o‘z uyiga olib ketdi va unga yordam berish uchun “genealogik detektiv” Kollin Fitspatrik bilan bog‘landi. U DNK ma’lumotlari bazalaridan foydalanib, odamlarga ularning oilalari tarixini bilib beradi. U Kayl Pauell familiyali katta oila bilan qandaydir tarzda bog‘liqligini aniqladi, ammo Kayl to‘satdan u bilan aloqani uzdi.

Bundan shubhalangan, shuningdek, Kaylning fe’l-atvoridan charchagan Sleyter uni uyidan chiqarib yubordi. U piyoda janubga qarab yurib, Floridaning Jeksonvill shahriga keldi. U yerda mahalliy restoranlardan birining xo‘jayini Josh Shrutt unga boshpana va ish berdi. Ammo biroz vaqtdan so‘ng ularning aloqalari yomonlashdi, Shrutt Kayl haqiqatan ham hech narsani eslay olmasligiga shubha qila boshladi.

Aktivist Sisi Mur — Fitspatrikning hamkasbi ham DNK tahlili orqali Kaylning qarindoshlarini qidirishga intildi. 2015-yil iyunida bunga muvaffaq bo‘ldi ham.

Kaylning asl ismi Uillyam Berjess Pauell bo‘lib chiqdi. U 1948-yil 29-avgustda Indianapolisda tug‘ilgani, uch akasi borligi rost bo‘lib chiqdi, Uning otasi ko‘p ichar va bolalarini savalar edi. Shu tufayli Uillyam 16 yoshida uyidan qochib ketadi va turli joylarda mayda ishlarda ishlab, 1976-yilda esa izsiz yo‘qoladi: uning oilasi shunday deb o‘ylaydi, aslida esa u oilasi bilan har qanday aloqani uzib, o‘z-o‘zicha yashab yuradi.

Pauell bilan bog‘liq ushbu holat kamyob bo‘lib, uni shifokorlar dissotsiativ amneziya deb atadi: ular o‘zlarining avvalgi shaxsiyatini butunlab ortda qoldirib, o‘zlariga yangi shaxsni o‘ylab topadi.

Uillyam Pauell 1983-yildan Burger King axlatxonasidan topilguniga qadar bo‘lgan 20 yil davomida qayerda bo‘lgani va nima bilan shug‘ullangani haligacha noma’lum bo‘lib qolmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Global inflyatsiya o‘zining eng yuqori darajasiga yetgan — Financial Times
Madaniyat
Musiqiy chartlarni “portlatgan” albom, 4-farzandini kutayotgan oila va 3-marta turmushga chiqqan Britni Spirs: 2022-yilda Gollivud yulduzlari hayotida sodir bo‘lga...
Dunyo
Global elektron tijorat bozori 2022-yilda 5,8 trln dollarga yetishi kutilmoqda