Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Turkiyalik harbiy xizmatchilar Iroq hududini Mosul shahrini IShID terrorchilik guruhidan ozod qilish bo‘yicha operatsiya yakunlangach, tark etadi. Bu haqda Turkiya bosh vaziri Binoli Yildirim o‘zining iroqlik hamkasbi Haydar al-Obodiy bilan telefon suhbati chog‘ida ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

Foto: “Vestnikkavkaza.net”

Foto: “Vestnikkavkaza.net”

“Biz Bashika harbiy lagerini (Mosuldan 19 km shimolda) tark etamiz, — dedi Yildirim. — Turkiya kuchlarining missiyasi Mosulning ozod qilinishi bilan tugaydi”. Bundan tashqari, Turkiya bosh vaziri Anqara  “mamlakatlar o‘rtasidagi savdo va iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash”ga intilishini ta’kidladi.

Iroq hukumat kuchlari ko‘ngilli askarlar va AQSh rahbarligidagi xalqaro koalitsiya aviatsiyasi ko‘magida  oktabr o‘rtalaridan Iroqning ikkinchi eng yirik shahri Mosulni IShID terrorchilik guruhidan ozod qilish bo‘yicha operatsiyani olib bormoqda.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Eldor Shomurodov Turin klubidan jiddiy taklif kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Mahalliy
O‘zbekistonda 3-dekabr kuni ob-havo yog‘ingarchiliksiz, lekin tumanli bo‘lishi kutilmoqda
Mahalliy
Toshkent tumanining Qozog‘iston bilan chegaradosh hududlaridagi xonadonlar buzilib, chegarani mustahkamlash obyektlari quriladi