Ukraina sobiq prezidenti Viktor Yanukovichning chet el banklarida, jumladan, Shveysariyada hisob raqamlari mavjud emas. Bu haqda uning advokati Vitaliy Serdyuk Shveysariya hukumati tomonidan Yanukovichning 70 million dollari xatlanganligi haqidagi ma’lumotni izohlay turib ma’lum qildi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
“Bu butunlay noto‘g‘ri ma’lumot. Hisob raqamlarning mavjudligi va chet el hisoblaridagi mablag‘lar, har qanday hisob raqami va xatlash to‘g‘risidagi ma’lumotlarni rad etaman. Bu rasmiy ma’lumot emas. Viktor Yanukovichning chet elda hisoblari mavjudligini rad etaman”, — dedi huquqshunos.
Uning so‘zlariga qaraganda, ushbu masala bilan Angliyada shug‘ullanayotgan advokatlik kompaniyasi rasmiy javoblarni qo‘lga kiritgan.
Agar hisoblarning xatlanishi haqidagi xabar xato bo‘lsa, advokat Shveysariya hukumatiga murojaat qilish-qilmasligi haqidagi savolga u “Albatta” deb javob qaytardi.
Izoh (0)