Boliviya OPEK davlatlari va kartelga kirmagan mamlakatlar kelishuvi doirasida neft qazib chiqarishni qisqartirish bo‘yicha bitimda ishtirok etmaydi. Bu haqda Bloomberg agentligiga delegatlardan biri ma’lum qildi, deb yozadi “Interfaks”.
Nigeriya vakillarining ma’lum qilishicha, Boliviyaga jami qisqartirilishi kerak bo‘lgan sutkasiga 600 ming barreldan eng kam ulushi — sutkasiga 4 ming barrelga kamaytirish taklif etilgan.
Bloomberg’ning ma’lumotlariga qaraganda, Meksika bitim doirasida neft qazib chiqarishni sutkasiga 100 ming barrelga qisqartiradi va qisqartirish hajmi bo‘yicha Rossiyadan keyin ikkinchi o‘rinni egallaydi. Ummon neft qazib chiqarishni sutkasiga 40 ming barrelga, Ozarbayjon esa sutkasiga 35 ming barrelga kamaytiradi.
Avvalroq Eron neft vaziri Bejan Nomdor Zangona Venadagi muzokaralar yakuni bo‘yicha neft qazib chiqarishni sutkasiga 600 ming barrelga qisqartirishini ma’lum qilgan edi.
Izoh (0)