Madridning “Real” jamoasi himoyachisi Rafael Varanning Madriddagi uyiga o‘g‘rilar kirib, 70 ming yevrolik buyumlarni tunab ketdi. Bu haqda “Chempionat” xabar bermoqda.
Xabarda ta’kidlanishicha, o‘g‘rilik fransiyalik futbolchining uyiga “Qirollik klubi” YChL 6-turi doirasida “Borussiya D” jamoasiga qarshi (2:2) o‘ynayotganda kirgan. Jinoyatchilar guruhi Varanning uyiga bostirib kirib, umumiy qiymati 70 ming yevroga teng pul, qimmatbaho anjomlar, kiyim va boshqa buyumlarni o‘g‘irlagan.
23 yoshli futbolchi politsiya mahkamasida signalizatsiya tizimini yoqib ketishni unutganini ma’lum qildi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)