Britaniyalik taniqli bokschi Derek Chisora Dillian Uaytga qarshi bo‘lajak jang oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida asablarini jilovlay olmadi va raqibiga stolni uloqtirdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Matbuot anjumani Manchester shahridagi mehmonxonalardan birida bo‘lib o‘tdi. Bellashuvning o‘zi 10-dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.
“Hali men yoqimtoymanmi? Axir men dunyodagi eng yaxshi bokschilardan biriman”, – deb baqirdi Chisora va stolni Uayt tomon uloqtirdi.
Ma’lumot uchun, Derek Chisora professional ringda 32 jang o‘tkazib, 26 tasida g‘alaba qozongan va 6 tasida mag‘lub bo‘lgan. Dillian Uayt 20 jangda 19 tasida zafar quchib, atigi 1 marotaba mag‘lubiyatga uchragan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)