Indoneziya poytaxti Jakarta shahrida giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasiga qarshi Milliy kurash boshqarmasi (BNN) 900 kilogramm giyohvand moddani mamlakat prezidenti Joko Vidodo qarshisida yoqib yubordi. Bu haqda, Jakarta Globe’ga asoslanib, “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
“Bu katta miqdordagi giyohvand moddalar va ularning yo‘q qilinishi narkotikka qarshi jiddiy kurashayotganimizning dalolatidir”, – dedi mamlakat rahbari.
Joko Vidodoning qayd etishicha, giyohvand moddalar Indoneziyada har yili 15 ming odamning o‘limiga sabab bo‘ladi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)