O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida Xitoy elchisi Sun Litsze bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda vazirlik matbuot xizmati.
Elchi Xitoy rahbari Si Szinpinning Prezident saylovida g‘alaba qozonganligi munosabati bilan O‘zbekistonning saylangan Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga yo‘llagan tabrik maktubini topshirdi.
Eslatib o‘tamiz, Si Szinpin o‘z tabrigida Xitoy va O‘zbekiston o‘zaro samimiy ishonchga ega ahil qo‘shnilar, yaxshi do‘stlar va ishonchli sheriklar ekanligini qayd etib o‘tgan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)