Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin Shavkat Mirziyoyevni O‘zbekistondagi prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozongani munosabati bilan qutladi, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz” XXR tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmatiga tayanib.
Si Szinpin o‘z tabrigida Xitoy va O‘zbekiston o‘zaro samimiy ishonchga ega ahil qo‘shnilar, yaxshi do‘stlar va ishonchli sheriklar ekanligini qayd etdi.
“1992-yilda diplomatik aloqalar o‘rnatilganidan buyon ikki davlat ijobiy taraqqiyot, siyosiy ishonchni mustahkamlash, o‘zaro manfaatli hamkorlik va strategik hamkorlikni birgalikda rivojlantirish yo‘lidan bormoqda”, — deyiladi maktubda.
Izoh (0)