Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2016-yil 5-dekabr kuni MDH Ijroiya qo‘mitasi raisi – ijrochi kotibi Sergey Lebedev bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Foto: MDH Ijroiya qo‘mitasi

Foto: MDH Ijroiya qo‘mitasi

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston rahbari Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi kuzatuvchilar missiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida samarali ishlagani, ushbu jarayon hamda saylov yakunlarini yuqori baholagani uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.

Sergey Lebedev Prezident saylovi monitoringida ishtirok etishga taklif etgani va MDH kuzatuvchilar missiyasi a’zolari uchun barcha qulay sharoitlar yaratilgani uchun tashakkur bildirdi.

Hamdo‘stlik doirasida hamkorlikni yanada rivojlantirish va mustahkamlash bo‘yicha atroflicha fikr almashildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Isroil—Misr chegarasidagi otishma, qabrlarga qadalgan bayroqlar, Rally Muynak’da yonib ketgan avtomobil — hafta suratlari
Dunyo
Rajab Toyyib Erdo‘g‘on parlamentda qasamyod qilib, Turkiya prezidenti lavozimiga kirishdi
Dunyo
Prigojin Rossiya Mudofaa vazirligi “Vagner”chilarning Baxmutdan chiqish yo‘lini minalab tashlaganini aytdi