Forbes jurnali 2015–2016-yillarda (1-iyun holatiga ko‘ra) eng ko‘p daromad topgan YouTube-blogerlari reytingini tuzdi. Mazkur reytingda yetakchilikni PewDiePie nomi bilan mashhur Feliks Kyellberg saqlab qoldi, deb xabar bermoqda “VC.ru”.
27 yoshli Feliks Kyellbergning YouTube’dagi kanaliga 49,65 million foydalanuvchi obuna bo‘lgan. Forbes’ning baholashicha, blogerning yillik daromadi 20 foizga, ya’ni, 12 milliondan 15 million dollarga oshdi.
Feliks Kyellberg o‘z kapitalini pullik YouTube Red servisi va o‘zi muallif bo‘lgan This Book Loves You (“Bu kitob seni sevadi”) nomli kitobining sotuvi yordamida oshirdi.
Reytingda ikkinchi o‘rinni Roman Atvud (Roman Atwood) egalladi. Uning kanalida 10 milliondan ortiq obunachilar bor. Forbes uning daromadini 8 million dollarga baholadi.
Kuchli uchlikka stendap-qiziqchi Lilli Singx (Lilly Singh) yakun yasadi. Qizning YouTube’dagi kanalida 10,2 million obunachi mavjud. Uning yillik daromadi 2,5 milliondan 7,5 million dollargacha oshdi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)