Fransiya bosh vaziri Manuel Vals 2017-yilda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida ishtirok etishi haqida ma’lum qildi. Bu haqda BFM TV xabar berdi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
U mazkur bayonotni hozirgi prezident Fransua Olland ikkinchi muddatga nomzodini qo‘yishdan bosh tortgandan to‘rt kun o‘tib ma’lum qildi.
“Men shu yerda, Ervidaman, bu shaharda biz doim ochiqdan-ochiq gapiramiz... Ha, men — respublika prezidentligiga nomzodman”, — dedi u.
Avvalroq Reuters agentligi Manuel Vals 5-dekabr kuni Fransiya prezidenti lavozimiga nomzodini qo‘yish rejasi haqida ma’lum qilishi to‘g‘risida xabar bergan edi.
Izoh (0)