Italiyadagi konstitutsiyaviy referendum yakunlari va bosh vazir Matteo Rensining iste’foga chiqishi haqidagi bayonoti dunyoning eng eski banklaridan biri, aktivlari miqdori bo‘yicha mamlakatda uchinchi o‘rinda turadigan Monte dei Paschi di Siena kapitallashuvi rejalarini barbod qilishi mumkin. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Financial Times tomonidan so‘rov o‘tkazilgan mansabdorlar va bozor ishtirokchilari hodisalarning bunday rivojini Italiya bank tizimi uchun o‘ta yomon ssenariy deb atadi va bu tizimda inqiroz hamda kamida 8 bank kasodga uchrashiga olib kelishi mumkinligidan xavotir bildirdi.
Italiya bank sektori 5 yildan oshiq vaqtdan beri muammolar girdobida qolmoqda. 2016-yil dekabriga kelib, mahalliy banklardagi muammoli kreditlar qiymati 360 milliard yevrodan ortdi, bu yevrohududdagi shunday qarzlarning uchdan birini tashkil etadi. Mamlakat markaziy bankining Yevropa markaziy banki oldidagi qarzi ham Yevroittifoq mamlakatlari uchun rekord summa — 354 milliard yevrodan iborat.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)