BAA milliy terma jamoasi hamda “Al-Ayn” futbol klubi a’zosi Umar Abdulrahmon Osiyo qit’asining 2016-yildagi eng yaxshisi futbolchisi sifatida tan olindi.
Osiyo Futbol Konfederatsiyasining yil yakunlariga bag‘ishlangan marosimiga bu safar Abu-Dabi shahri mezbonlik qildi.
Osiyo orzusi — Qatar FA
Eng yaxshi federatsiya — Yaponiya FF
Eng yaxshi ayollar murabbiyi — Chan Yuyen Ting (Gonkong)
Eng yaxshi erkaklar murabbiyi — Choi Kang Xi (“Chonbuk Motors”)
Eng yaxshi futbolchi (boshqa qit’ada o‘ynaydigan) — Sindzi Okazaki (“Lester”)
Eng yaxshi ayol futbolchi — Keytlin Ford (Avstraliya)
Eng yaxshi erkak futbolchi — Umar Abdulrahmon (BAA)
Eng yaxshi futzalchi — Asqar Hasanzoda (Eron)
Ma’lumot uchun, 2016-yilgi sovrinlar uchun O‘zbekistondan hech kim va hech qaysi klub kurash olib bormadi.
Izoh (0)