O‘zbekiston Milliy paralimpiya assotsiatsiyasi 3-dekabr – “Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan maxsus maktab-internatlarda paralimpiya sportini yanada rivojlantirish maqsadida sport musobaqalarini tashkillashtirmoqda. Bu haqda assotsiatsiya matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.
Jumladan, 1-dekabr kuni Toshkent shaxridagi 102-maxsus maktab internatida voleybol, stol tennisi va shaxmat bo‘yicha musobaqalar bo‘lib o‘tdi. Mazkur musobaqada 100 nafardan ortiq bolalar ishtirok etdi.
Tadbir so‘ngida O‘zbekiston Milliy paralimpiya assotsiatsiyasi tomonidan barcha ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)