Toshkentda “Elections.uz 2016” press-klubi o‘z ishini davom ettirmoqda. Klub faoliyatining ikkinchi kunida “Siyosiy partiyalar: real raqobat, siyosiy odob va elektorat bilan ishlashda yangi yondashuvlar” mavzuidagi sessiya o‘tkazildi, deb xabar beradi UzReport.
Brifingga O‘zbekiston siyosiy partiyalari vakillari, shuningdek, partiya nashrlarining bosh muharrirlari taklif qilingan edi.
Brifingda chiqish qilar ekan, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi raisi o‘rinbosari Rustam Kamilov press-klub faoliyatini yuksak baholadi.
“Shuni qayd etmoqchi edimki, saylov jarayoni saylovdan saylovga doimiy ravishda takomillashib bormoqda, turli baholar debatlar mavjudligi hisobidan berib kelinmoqda, va biz shuni e’tirof etamizki, debatlar faol xarakter kasb etmoqda. 2009-yildagi parlament saylovida biz jamoa bo‘lib chiqardik, bu masalalarni muhokama qilardik, juda jonli bahslar o‘tar edi. Bugun biz ushbu maydon kengayganini ko‘rishimiz mumkin. Zamonaviy texnologiyalar qo‘llanmoqda, davlat televizion kanallari saylovni va saylov jarayonining o‘zini yoritishda faol ishtirok etmoqda, va biz saylovchilarimiz bilan bog‘lanish uchun ko‘proq aloqa kanallariga ega bo‘lmoqdamiz... Biz yondashuvimizni takomillashtirmoqdamiz, ochiqroq ishlamoqdamiz, keng maydonlarni qo‘llamoqdamiz, internet maydonidan — eng ommabop saytlar, ijtimoiy tarmoqlardan keng foydalanmoqdamiz. Biz zamonaviy innovatsion yondashuvni qabul qilishga urinmoqdamiz, bugungi saylov aynan shunisi bilan farqlanadi. O‘ylaymanki, bundan keyin imkoniyatlar yanada kengayadi va saylovchilarning qiziqishi o‘sib boradi”, — dedi Rustam Kamilov.
“Bugungi maydoncha — jurnalistlar bilan uchrashish uchun ajoyib imkoniyat, ular qayerdan kelgani ahamiyatli emas, ular orasida chet el OAV jurnalistlari bor, bizning kanallar bor, ularning miqdori o‘sib bormoqda va, aytish kerak, bu maydoncha zamonaviy va texnologik yetukdir. Men Rossiyadagi saylovlarni kuzatganman, hozir sharoitlar yaratish bo‘yicha biz ulardan qolishmaymiz. Ushbu press-klub O‘zbekistonning kelajakka, zamonaviy hayotga, saylovlarni o‘tkazish standartlarini joriy etishga intilayotganini aks ettiradi, va bu bizning mass-media taraqqiyot darajasini ko‘rsatadi”, — qo‘shimcha qildi partiya vakili.
Izoh (0)